Xalq ta’limi vazirligi Antikorruptsion haftalik doirasida “Ochiq eshiklar kuni”ga ommaviy axborot vositalari vakillarini taklif qiladi

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O’zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish Agentligi bilan hamkorlikda “9 dekabr — Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag’ishlangan Antikorruptsion haftalik doirasida o’tkaziladigan “Ochiq eshiklar kuni” tashkil qilmoqda.

Tadbir davomida Xalq ta’limi vazirligi faoliyat ochiqligini ta’minlash, xalq ta’limi tizimida korruptsion xatarlarni oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy antikorruptsion tizimlarni joriy etish yuzasidan vazirlik mutasaddilari tomonidan OAV vakillariga ma’lumotlar taqdim etiladi.

Tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin.

Tadbirda ishtirok etish istagida bo’lganlar havolada (https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfpdtfOPPQACQ29KgU0ZvXUdL_jQkI0qHpoHTUzW1ba8T6Z1A/viewform) keltirilgan ariza shaklini 1 dekabrga qadar to’ldirishlari so’raladi.

Tadbir o’tkazilish joyi: Toshkent sh., Navoiy 2A uy.

O’tkazish vaqti: 2020 yil 3 dekabr soat 10:00 da.

от Rasulov

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *