Eng yaxshisi desertga qoldiriladi deyishadi.
Mana biz ham kunning eng quvonchli hodisasini tunga qoldirdik!
Doʻstlar, sizlar bilan oʻz quvonchimizni boʻlishmoqchimiz: bugun «One Million Uzbek Coders» loyihasi bir yoshga toʻldi!
Bir yil ichida ancha muncha narsa amalga oshirildi:
— 85 000 kishi roʻyxatdan oʻtdi;
— 22 000 talaba kurslarni muvaffaqiyatli yakunlab, Milestone 1 sertifikatiga ega boʻldi;
— 10 000 talaba kurslarni muvaffaqiyatli yakunlab, Milestone 2 sertifikatiga ega boʻldi;
— 2 200 dan ortiq maktablarning informatika fani oʻqituvchilari uchun vebinarlar oʻtkazildi;
— sovrin jamg‘armasi 6 ming AQSh dollari miqdoridagi tanlov tashkil qilindi va boshqa koʻplab narsalar amalga oshirildi.
Albatta, sizlarning koʻmaklaringizsiz bu natijalarga erisha olmas edik!
Siz ham loyiha ishtirokchisiga aylaning va «One Million Uzbek Coders» katta jamoasining bir qismi boʻling: uzbekcoders.uz
Loyiha va ushbu yildagi yutuqlar haqida ushbu havolaga oʻtib tanishishingiz mumkin: https://clck.ru/S46yQ